2025 yil 23 may kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman bo‘yicha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan saylangan 23 nafar delegat, kasaba uyushma faollari va faxriylar ishtirok etdi. Konferensiya ishida Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi M.Norova ham qatnashdi. Konferensiya davomida Shahrisabz tuman kasaba uyushmasi raisi Jalilova Shaxnoza Musurmonovaning 2020–2025 yillar davomida amalga oshirgan faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi. Hisobot davrida tashkilotning kasaba uyushmasi tizimidagi ishlari va xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari delegatlar tomonidan ijobiy baholandi. Muhim jihati shundaki, Jalilova Shaxnoza Musurmonova konferensiya delegatlari ovozi bilan yana tuman kasaba uyushmasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Tadbir yakunlari tuman ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.