O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,o‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014-2016 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Bosh kelishuvning 43-bandiga asosan 2015 yilning 10 dekabr kuni Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tumanlarida kasaba uyushmalari faollarining tuman hokimligi hamkor tashkilot va idoralar vakillari bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida Davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Mazkur tumanlarda o‘tkazilgan Davra suhbati dasturiga kura quyidagi ma’ruzalar eshitildi:
“2015 yilda xududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilning ustuvor vazifalari to‘g‘risida” (Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tumani hokimi o‘rinbosarlari )
“2015 yilda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini ijrosi to‘g‘risida” (viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi vakillari)
“Ish bilan ta’minlash, ish haqi va mehnat muhofazasi masalalarida ijtimoiy himoyani yanada ko‘chaytirish yo‘llari mavzusida” (Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorlari va o‘rinbosarlar)
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish haqi va ijtimoiy nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash borasida bank tizimi oldida turgan vazifalar mavzusida” (Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tuman Agrobankning Yakkabog‘ tumanidagi tijorat banklari vakillari)
“Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ijtimoiy himoya hamda mehnat muhofazasi ishlarini moliyalashtirish masalalari mavzusida” (Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tuman moliya bo‘limi boshlig‘lari)
Ma’ruzalardan so‘ng Davra suhbatining kun tartibiga ko‘ra joylarda jamoa shartnomalarini muhokama qilish jarayonida ishchi-xizmatchilar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasiga oid muammolar yuzasidan savol va javoblarga o‘tildi.
“Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor va Muborak tumanida o‘tkazilgan Davra suhbatida ko‘tarilgan muammolar va ularni bartaraf etish yechimlari yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Kelgusida mazkur tumanlarda yuzaga kelgan muammolarning yechimlarini topish yuzasidan tumandagi boshqarmalar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorlikda Davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib borilishiga kelishib olindi. Shuningdek, Kitob tumanidagi o‘z xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Muxammadiyev Otabekning onasiga moddiy rag‘batlantirildi.