Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Shaxar va tumanlarda «Davra suhbati» o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi qonunining maqsadi va ahamiyatini anglash va anglatish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasiga muvofiq Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi,viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh Boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, FJSHMMI mintaqaviy bo‘limi, “Mahalla” XJF bo‘limi, “Kamolot” YOIH tomonidan 2015 yil 24 iyulida “Ijtimoiy sheriklik; hududiy rivojlanishga doir ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda davlat va nodavlat institutlari hamkorligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbatida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, kasaba uyushmalari ishini muvofiqlashtiruvchi shahar,tuman kengashlari raislari, Davra suhbati muhokamasiga kiritilgan masalaga mutasaddi  viloyat boshqarmalari, idoralari, jamoat tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, jami 176 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Davra suhbatida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisini hamkor tashkilotlari rahbarlarining ma’ruzalari tinglanib, ma’ruzalardan so‘ng Davra suhbati ishtirokchilarining Mehnatga oid bo‘lgan munosabatlarda Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi huquqiy va mehnat munosabatlarga doir bo‘lgan barcha savollarga javoblar qaytarildi.Shuningdek,O‘zbekiston Respublikaining “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, mamlakatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy sheriklik institutining rolini aholini keng qatlamiga yetkazish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining 2015 yil 5 yanvardagi 20-4 “s” sonli,2015 yil 29 maydagi 21-1 sonli qarorlari va 2015 yil 9 fevraldagi 20-27 “s” sonli qo‘shma qarorlarlariga asosan joylarda 35 marotaba o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!