Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Shaxrisabz tumanida “Prezident e’tibori –muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat to‘yi o’tkazildi.

   Joriy yilning 20 aprel kuni soat 13-00 dan 15-00 gacha Shaxrisabz tumanidagi “Yoshlar Markazi” to‘yxonasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 50 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Tadbir viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasidan tumanga biriktirilgan vakil F.Qamarov va to‘yni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan tuman hokimligi ishchi guruhi a’zolari tomonidan namunali tarzda tashkil etildi.
To‘yxona shiorlar, ibratli so‘zlar shar va har xil bezaklar o‘rnatilib, bayramona bezatildi.
To‘y bolalar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi zar chopon, salla, qars, kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk, ichki kiyim va tuflilar olib berildi.
Tadbirda, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rais o‘rinbosari I.Ahmedov, Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Yanvar Po‘latovich Inoyatov, tuman hokimi Nusirov Ismat Nusratovich, jamoatchik vakillari va to‘y bolalarning ota-onalari, qarindoshlari jami 500 nafar kishi ishtirok etdi.
To‘yda Qarshi shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar, jumladan “Nihol” mukofoti sovrindori Oybek Mirza va tuman madaniyat bo‘limi xonanda, sozanda va raqqosalari ishtirok etishdi.
To‘y tantanalari jarayonida 50 nafar to‘y bolalarga ularning nomiga xalq bankining tuman bo‘limi tomonidan ochilib, 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari hamda “Abdulla Oripov” tanlangan asarlari, “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, kitoblar jamlanmasi “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!