Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sizga ehtirom aziz ustozlar!”

    Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voya­ga etishida, etuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim. Fidoyi, zahmatkash muallim-o‘qituvchilar o‘z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaf­fa­qi­yatlari zamirida avvalo, aziz ustozlarning zahmatli meh­natlari mujassam. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman bo‘linmasi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlar va tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan 11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan joriy yilning  1.IX.2022 – 1.XI.2022 kunlari o‘tkaziladigan tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritilish rejasi hamda Mamlakatimizda    1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan joriy yilning 29-sentyabr kuni Nishon tumanidagi 38-IDUM faollar zalida “Sizga ehtirom aziz ustozlar!”   mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan va samarali yutuqlarga erishgan  faol kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishdi.  Tadbir ishtirokchilarini xalq ta‘lim bo‘limi sho`ba rahbari A.Achilov, tuman bo`linmasi kengashi raisi B.Javliev, 38-IDUM direktori F.Mo‘minovlar qizg‘in tabrikladilar. Tadbirda tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi kasaba uyushmalari tarixida ulkan ahamiyat kasb etganligi, Qurultoyda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi ulkan o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan  11 noyabr sanasini Kasaba uyushmalari kuni deb belgilash taklifi kiritilganligi, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23-noyabrdagi O‘RQ -648 sonli Qonuniga asosan  11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni deb belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari tuman bo‘linmasi kengashining esdalik  sovg‘alari va  faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!