Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sog‘lom oila” musobaqalarining viloyat bosqichi o’tkazildi. 

  Joriy yilning yanvar–mart oylarida viloyatda mehnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalari sportning 8 turi bo‘yicha 4 bosqichda o‘tkazildi.
Musobaqalarning viloyat bosqichi joriy yilning 4 mart kuni Qarshi shahridagi “Nasaf” sport majmuasida o‘tkazildi.
Musobaqalarning uchinchi bosqichida Qarshi shahri va tumanlardan 14 ta jamoa tarkibida 28 ta oilalardan jami 84 nafar mehnatkashlar va ularning farzandlari qatnashdilar.
Musobaqada birinchi o‘rinni Qarshi shahridan X.Rahimovlar oilasi-o‘g‘il bola (Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari) hamda I.Qodirovlar oilasi-qiz bola Nishon tumani ( ta’lim, fan va madaniyat xodimlari), 2-o‘rinni F.Shomirzayevlar oilasi –o‘g‘il bola Muborak tumani ( neft-gaz va geologiya xodimlar) hamda Y.Ro‘ziyevlar oilasi-qiz bola ( Shahrisabz tumani ta’lim, fan va madaniyat xodimlari), uchinchi o‘rinni X.Usmonovlar oilasi –o‘g‘il bola (Chiroqchi tumani ta’lim, fan va madaniyat xodimlari), hamda I.Qorayevlar oilasi-qiz bola (Kasbi tumani agrosanoat majmui)
G‘oliblarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan diplomlar va sovg‘alar topshirildi.
Viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan oilalar joriy yilning 23-25 mart kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan Respublika bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar.
“Sog‘lom oila” shiori ostida bo‘lib o‘tgan musoboqalar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borildi.

22222

333333

4444444

SAM_2938

555555

66666

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!