Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda mehnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalari sportning 8 turi bo‘yicha 4 bosqichda o‘tkaziladi. Musobaqalarning birinchi bosqichi 15 yanvardan 1 fevralgacha korxona, tashkilot va muassasalarda tuzilgan tashkiliy qo‘mitalar rahbarligida o‘tdi. Tarmoqlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra musobaqalarning birinchi bosqichi viloyatdagi 2378 ta korxona, tashkilot va muassasalarda musobaqalar bo‘lib o‘tib, ularda 15602 ta oilalardan jami 46806 nafar mehnatkashlar va ularning farzandlari qatnashdilar. Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan musobaqaning birinchi bosqichi g‘oliblariga diplomlar va sovg‘alar topshirildi. “Sog‘lom oila” shiori ostida korxona, tashkilot va muassasalarda bo‘lib o‘tayotgan musoboqalar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borildi.