Xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport turlarining inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik uning asosi ekanini targ‘ib etish, ularning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 6 yanvardagi “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-14“s” sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida joriy yilning 20 fevral kuni Kitob tumanidaga barcha tarmoq kasaba uyushmalari shuningdek, Ta’lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa tashkiliy qo‘mita tomonidan va tarmoq kasaba uyushmalari tuman kengashlari tashkilotchiligida Nizom talablari asosida yuqori saviyada, bayramona ruhda o‘tkazildi va malakali hakamlar tomonidan baholanib borildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va sovrindorlar tarmoq kasaba uyushmalari tuman kengashlarining esdalik sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandilar.