Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sog‘lom oila” sport musobaqasining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.

         Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2018 yil 19 yanvardagi  “Sog‘lom oila” shiori ostida  oilaviy   sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  11-16 “s” sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida  tuman xalq ta’limi bo‘limi, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashining qo‘shma qaroriga asosan Nizom talablari asosida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi. Sport musobaqasini o‘tkazishdan maqsad xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish, ommaviy sport turlarining inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik uning asosi  ekanini targ‘ib etish hamda ularning jismoniy tarbiya va ommaviy  sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

         “Sog‘lom oila” sport musobaqasining hududiy saralash bosqichi joriy yilning 15 fevral kuni tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida o‘tkazildi. Sport musobaqasini tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri SH.Ro‘ziev kirish so‘zi bilan ochdi. Hududlar bo‘yicha ta’lim muassasalaridan jami 21 nafar jamoa ishtirok etdi. Oilaviy jamoalar  sportning  yugurish, akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish, chaqqonlik va merganlik estafetasi, mohir xujumchi, qadrimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz, tezlik, epchillik estafetasi, arqon tortish  turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Sport musobaqasida tumandagi  3-,10-,15-, 23-, 30-,33-, 38-,42-,44-,45-,47-, 48-,60-,70-,73-,75- umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 16-maktab-internatlari faol ishtirok etdi.

          Sport musobaqasi yakunida tuman kengashi raisi S.Abdullaev so‘zga chiqib sport musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!