Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim!

      2023 yil – «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidagi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari o‘rtasida «Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” uchun sport musobqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichida 1221 ta maktablardagi 26736 nafar ikkinchi bosqichida 1472 nafar o‘qituvchilar bellashgan bo‘lsa, Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sport zalida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 400 nafarga yaqin pedagoglar sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha ishtirokchilar tashkilotchilarning tegishli diplom va medallari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida esa Qarshi tumani 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Kasaba uyushmasi kubogi” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan 30 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!