Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sport – mustahkam oilamiz poydevori”

     “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi”ga asosan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlangan karorga asosan  tarmoq kasaba uyushmalari Qarshi shahar kengashlarining  qo‘shma qarori ishlab chiqildi hamda barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazildi.

Spartakiadaning shahar bosqichini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishtirokchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi hamda barcha ishtirokchilarning sog‘lom ekanligini qat’iy nazoratga olish, yo‘l harakati xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish rejalashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning 26 aprel kuni Qarshi shahrining Olimpia zahiralari kollejida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” nomli spartakiadaning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada barcha tarmok kasaba uyushmalari shahar kengashlarining vakillari ishtirok etdilar.

Jumladan, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashidan 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi  Temur Meyliyevlar oilasi, Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashidan “Dunyo-M” AJ  xodimi Ahmedova Sanobarlar oilasi, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashidan Qarshi obodonlashtirish bo‘limi xodimi Rahimov Hamidulla Habibullayevichlar oilasi. Sog‘likni saklash xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashidan shahar markaziy shifoxonasi xodimi Raxmatova Feruzalar oilasi, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashidan Qarshi shahar budjetdan tashqarishi Pensiya bo‘limi inspektori –Dinora Quvvatovalar oilasi ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!