Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

    «Sport-salomatlik garovi» shiori ostida saralash bosqich o’tkazildi

     O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, shuningdek, turli kasb kasalliklaridan, sport va sog’lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish va Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2017 yil 12 yanvardagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017 yil 9 yanvardagi “Sport-salomatlik garovi ” shiori ostida spartakiada o’tkazish to’grisida” gi 5-57 “s” sonli qarori haqida” gi 7-29 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 8 ta hudud bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar o’rtasida joriy yilning 9 fevral kuni tumandagi 100-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda 1-IDUMI ning sport maydonlarida sportning ommaviy 6 turi bo’yicha saralash musobaqalari bo’lib o’tdi. Sportning voleybol turidan 68-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi 1-o’rinni, 94-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi 2-o’rinni, 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi 3-o’rinni, shaxmat musobaqasi bo’yicha 71-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi S.Omonova, 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Z.Vafoyev, shashka musobaqasi bo’yicha 47-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi M.Bozorova,  100-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi D.Norxolov, badminton musobaqasi bo’yicha 101-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari Sh.Ro’ziyeva, B. Xayrullayevlar, stol tennisi bo’yicha 46 -umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi M.Qodirova 107-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi J.Usmonovlar, suzish boyicha 49-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Sh.Uzoqov, 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi O.Xazratqulovalar g’oliblikni qo’lga kiritdi.  Saralash bosqichida 1-,2-,3-o’rinlarni egallagan jamoa va xodimlar 23 fevralda bo’lib o’tadigan  tuman bosqichiga ishtirok etadilar. G’oliblar tuman kengashining diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!