Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida spartakiada o‘tkazildi.

  O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan Qarshi shahar tashkilot va muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  sportning ommaviy turlariga ularni keng jalb etish, shuningdek sport va sog‘lom turmush tarzi orqali sog‘liklarini tiklash maqsadida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017 yil 9 yanvardagi “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida spartakiada o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-57“s” sonli, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2017 yil 12 yanvardagi 7-29”s” sonli qarorlariga asosan joriy yilning 16 yanvaridan 6 fevralgacha sportning voleybol, stol tennisi, shashka, shaxmat, badminton, suzish (erkin suzish usuli bo‘yicha 50 m masofada) turlari bo‘yicha Spartakidaning birinchi bosqichi barcha tashkilot va muassasalarda kutarinki ruxda tashkil etildi va  o‘tkazildi. Birinchi bosqichning o‘zida jami 7 mingdan oshiq  kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.

   2017 yil 22 fevral kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Qarshi olimpiya zaxiralari kasb-xunar kollejining sport bazasida Spartakiadaning tarmoqlararo shahar birinchiligi o‘tkazildi. Bunda ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi jamoasi faol ishtirok etib, qiziqarli o‘tgan bellashuvlarning Voleybol musobaqasida Qarshi shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabning ayollar jamoasi  birinchi o‘rinni qulga  kiritdi.

  Stol tennisi bo‘yicha Qarshi shahar 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Mirzayeva Komila, Shaxmat bo‘yicha Qarshi shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Norboyeva Nadiya, Shashka bo‘yicha Qarshi iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi Tosheva Nilufar, Badminton bo‘yicha Qarshi shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Komilov SHermamat, Suzish bo‘yicha (erkin suzish usuli bo‘yicha 50 m masofada) Qarshi shahar 43-umumiiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Nuriddinova Nargizalar birinchi o‘rinni qulga kiritdilar.

 Umumjamoa hisobida sportning 6 (olti) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi jamoasi birinchi o‘rinni qulga kiritdi.

 Spartakiada g‘oliblari va nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!