Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Sport-salomatlik garovi”

        O’zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo’limining qo’shma qaroriga asosan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar o’rtasida sportning voleybol turidan xotin-qizlar va erkakalar o’rtasida  sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasini o‘tkazishdan maqsad sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sportni ommaviyligini oshirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik uning asosi  ekanini targ‘ib etish hamda ularning jismoniy tarbiya va ommaviy  sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

         Sport musobaqasining hududiy saralash bosqichi joriy yilning 23 mart kuni tumandagi 8 ta hududdagi ta’lim muassasalarida o’tkazildi. Tuman bosqichi joriy yilning 25 mart kuni xotin-qizlar o’rtasida tumandagi 30-umumiy o’rta ta’lim maktabida, erkaklar o’rtasida 45-umumiy o’rta ta’lim maktablarining sport zalida o‘tkazildi.

         Sport musobaqasini tuman kengashi raisi S.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi. Hududlar bo‘yicha ta’lim muassasalaridan jami 32 ta jamoa ishtirok etdi. Sport musobaqasining voleybol turidan xotin-qizlar o’rtasida 1-o’rin 68-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga, 2-o’rin 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga, 3-o’rin 21-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoalariga,                            erkaklar o’rtasida esa 1-o’rin 63-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga, 2-o’rin 54-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga, 3-o’rin 68-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

“Eng yoshi ulug’ ishtirokchi”, “G’alabaga bo’lgan intilishi uchun”, “Eng mahoratli havaskor sportchi” naminatsiyalari bo’yicha 30-maktab o’qituvchisi M.Sharipova, 10-maktab o’qituvchisi Sh.Jo’rayeva, 44-maktab o’qituvchisi F.Shodiyorova, 38-maktab direktori A.Rahmonov, 2-maktab o’qituvchisi X.Toshev, 45-maktab direktori X.Boboqulovlar taqdirlandilar.

        Tuman kengashi raisi S.Abdullaev, tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh.Ruziyevlar musobaqa g‘oliblariga diplom hamda esdalik sovga’larini topshirdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!