Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ta’zim sizga Ustozlar

     Mustaqillik yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bir necha yildirki, yurtimizda 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”  bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.  Ozod yurtimizda ustoz va murabbiylar xalqimizning yuksak e’zozidan ruhlangan holda yosh avlod kamoloti yo‘lida mehnat qilmoqda.

           Bayram munosabati bilan xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan ta’lim fidoyilaridan hamda mehnat faxriylaridan 500 nafari tuman kengashi, xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limlarining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida tuman kengashi raisi S.Abdullayev, xalq ta’limi bo‘limi mudir vazifasini vaqtincha bajaruvchi O.Muxiddinov, maktabgacha ta’lim bo‘limi mudir o‘rinbosari Sh.Ostonovalar tabrikladilar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!