Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Tanlov ishtirokchilari taqdirlandi.

         O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashitomonidan tashkil etilgan “Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” hamda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ham ishtirok etishib faxrli o‘rinlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, tarmoq viloyat kasaba uyushmasi tizimidagi G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji ish beruvchisi Karimov Eldor “Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni egalladi.  “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida 2-sonli maxsus mexanizatsiyalashgan kuchma jamlanma kasaba uyushma qo‘mitasi 3-o‘rin g‘olibi bo‘ldi. Yaqinda mazkur tanlov ishtirokchilariga tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tashkil etilgan maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!