Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Tanqidiy muzokara so‘zlari!

       2020 yil 6 mart  kuni soat 15OO da  Dehqonobod tuman 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabda, maktab ma’muriyati bilan xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida qabul qilingan Jamoa shartnomasining 2019 yilda bajarilish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zlarining 2019 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan jamoa oldida hisobotlarini berib o‘tishdi. Jamoa shartnomasining bajarilishini kuzatib boruvchi komisssiya raisi ABekmirzayev tomonidan Jamoa shartnomasi   16-bob, 145-banddan iborat ekanligi, tomonlar asosan yaxshi faoliyat olib borganligini e’tirof etib, ba’zi bir bandlarning to‘liq bajarilmaganligini tanqid qilib o‘tdi. So‘zga chiqqan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi F.To‘lboyevaning nutqi tanqidiy ohangda bo‘lib, jamoa sharnomasining sayoz bajarilgan bandlari yuzasidan maktab direktor J.O‘tayev va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Toshmurodovalarni tanqid qilib o‘tdi va u o‘z so‘zida 2020 yilda bu holat takrorlanmasligini jamoa nomidan talab qildi. Shundan so‘ng maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitaining hisobot-saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda maktab kasaba uyushma qo‘mitasining 2015 yil aprel oyidan 2020 yil fevrla oyigacha bo‘lgan davrdagi hisoboti tinglandi. Muzokaraga chiqqan 4 nafar kasaba uyushma a’zolari tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyatiga qoniqarli deb baho berishdi va buni jamoa qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchi masala bo‘yicha 5 nafar qo‘mita a’zolari shakllantirildi va bu jamoa tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Uchinchi masala bo‘yicha Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman tashkilotining Konferensiyasiga delegat etib qo‘mita a’zosi D.Toshmurodovaning nomzodi ma’qullandi. O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman kengashi raisi B.Yusupov raisligida qo‘mitaning 1-tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda 69-maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib D.Toshmurodova saylandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!