Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida idora va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilish taklif etilib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-406-sonli «Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2024 yil 15 yanvardagi №1/13-36 «s»-sonli «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi zavod, boshqarmalar, tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun «Teatr kuni»ni tashkil etish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori hamda «O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari» MChJ ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining 2024 yil 22 yanvardagi №01/01-sonli «Teatr kuni»ni tashkil etish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, kasaba uyushma a’zolarini madaniy dam olishlarini tashkil etish uchun 600 (olti yuz) nafar ishchi-xodimlarga Qashqadaryo viloyati musiqali dramma teatrida 2024 yil 26 yanvar kuni soat 1700da «Teatr kuni» tadbiri doirasida teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturi tashkil etildi.