Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Tibbiyot xodimlari kuni»  bayramlariga bag‘ishlab tibbiyot xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat Kengashining  «Mini futbol» kubogi  musobaqasi o‘tkazildi.

      O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat Kengashi joriy yilning 6-noyabr kuni noyabr oyining nufuzli bayramlari 11 noyabr «Kasaba uyushmalari kuni» hamda «Tibbiyot xodimlari kuni»  bayramlariga bag‘ishlab tibbiyot xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat Kengashining  «Mini futbol» kubogi  musobaqasi o‘tkazildi.

     Musobaqaga tuman, shahar tibbiyot birlashmasi, viloyat shifoxonalari hamda nodavlat tashkilotlardan jami 16 ta tashkilot qatnashib ishtirokchilar soni 150 nafardan oshdi. Bo‘lib o‘tgan musobaqada “Nasaf Med” jamoasi  I- o‘rin,  Yakkabog‘ tuman tibbiy birlashmasi II- o‘rin,  Muborak tuman tibbiyot birlashmasi III – o‘rinni egalladilar. Shu bilan bir qatorda ishtirokchilar ichidan  eng yaxshi xujumchi, eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi ximoyachi, eng yaxshi yarim ximoyachi, eng yoshi ulug katnashchi, galabaga bulgan irodasi uchun nominatsiyalar bo‘yicha ham ishtirokchilar aniqlanib, musobaqa g‘oliblari hamda nominatsiya olgan ishtirokchilar kuboklar hamda diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!