Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Tibbiyot xodimlari uchun sayohat uyushtirildi!

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosatining 2020 yil 20 fevraldagi “Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish ishlariga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi 18-23 “s” sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 50 nafar kasaba uyushma a’zolari uchun joriy yilning 27-28 avgust kunlari Xorazm viloyati bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida sayohatchilar Sovid-19 pandemiyasi davrida karantin talablariga rioya etgan holda Xorazm viloyatining barcha tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Sayohat ishtirokchilari ushbu tadbir ular uchun o‘zgacha ta’surotlar qoldirganligini ta’kidlab, mazmunli va marokli sayoxat uchun tashkilotchilardan xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbariyati xamda  “Xorazm palast” mexmonxonasi jamoasidan judayam minnatdorchiliklarini izxor etishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!