“Tibbiyot xodimlari kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yukori saviyada o‘tkazish buyicha Vazirlar Maxkamasida 2019 yil 31 oktabr kuni o‘gkazilgan yig‘ilish BAYONIniga asosan viloyatda 2019-yil 9-noyabr kuni bayram tadbiri o‘tkazildi.
“Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami mazmun moxiyatini va uning axamiyatini, davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar doirasida so‘nggi uch yil ichida amalga oshirilgan ishlarni keng xalq ommasiga tushuntirish maqsadida hududlarda bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi va viloyat hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlik olib borildi.
Bayram munosabati bilan markaziy ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarni bayram ruhidagi hamda fidoiy tibbiyot xodimlarining faoliyatiga bag‘ishlangan shiorlar bilan bezatildi.
“Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi istirohat bog‘lari va xiyobonlarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi isloxatlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan bir qancha ustoz-murabbiylar va yosh tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirildi.
Xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlashga qaratilayotgan jarayon kelgusida ham izchil davom ettiriladi.