Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Tibbiyot  xodimlariga e’tibor

    “Tibbiyot  xodimlari  kuni”  bayramiga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni yukori  saviyada  o‘tkazish  buyicha  Vazirlar  Maxkamasida  2019 yil  31 oktabr  kuni o‘gkazilgan yig‘ilish  BAYONIniga  asosan  viloyatda 2019-yil 9-noyabr kuni  bayram tadbiri o‘tkazildi.

 “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami mazmun moxiyatini va uning axamiyatini, davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan  keng ko‘lamli islohatlar doirasida so‘nggi uch  yil ichida  amalga  oshirilgan  ishlarni  keng  xalq  ommasiga tushuntirish  maqsadida hududlarda  bayram tadbirlari  yuqori saviyada tashkil etildi va viloyat  hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlik olib borildi.

Bayram munosabati bilan markaziy ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarni bayram ruhidagi hamda fidoiy  tibbiyot  xodimlarining  faoliyatiga  bag‘ishlangan  shiorlar  bilan bezatildi.

 “Tibbiyot xodimlari  kuni” bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi istirohat bog‘lari va xiyobonlarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi isloxatlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan bir qancha ustoz-murabbiylar va yosh tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirildi.

Xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlashga qaratilayotgan jarayon kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!