Ma’lumki, kasaba uyushmalari tizimida turli yo‘nalishdagi tanlovlarni o‘tkazish an’anaga aylangan. Ana shunday tanlovlardan biri “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovidir. Mazkur tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi Nizom asosida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Nizomga muvofiq tanlov faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
korxona, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash;
boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish;
kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish maqsadida to‘rt bosqichda, a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi tomonidan tizimdagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tarmoq tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi, a’zolari soni 100 nafardan ortiq (6 ta) va a’zolari soni 100 nafargacha (129 ta) bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etdi. Tanlovda jami 135 ta tashkilot ishtirok etdi. Bu umumiy boshlang‘ich tashkilotlarning 87% ni tashkil etadi.
Tanlov hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 229 ball jamg‘argan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 215 ball jamg‘argan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 213 ball jamg‘argan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi egallagan bo‘lsa, a’zolari soni 100 nafargacha bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 238 ball jamg‘argan \ 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 219 ball jamg‘argan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 197 ball Koson sanoat transport kasb-hunar kollejlari egalladilar.
G‘olib tashkilotlarga tuman kengashining diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Tanlov natijalari “Koson” tuman gazetasida yoritish uchun taqdim etildi.