O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 5614-sonli Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston Davlat davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi hamda Janubiy-G‘arbiy Maxsus Harbiy Okrug Qo‘mondonligi bilan hamkorlikda “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda JHMXO, O‘zbekiston oliy Harbiy Aviatsiya bilim yurti, Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Chegara ko‘shinlari tizimida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchi ayollar ishtirok etdilar.
Tanlov ishtirokchilari 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimasi faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Davlat davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan 200 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda Janubiy-G‘arbiy Maxsus Harbiy Okrug Qo‘mondonligining Faxriy yorligi va esdalik sovgalari bilan takdirlandilar.