Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Tovon pullari va zarar to‘lovlari undirib berildi.

      Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalariga rioya etilishi, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar natijasida halok bo‘lgan xodimlarning oila-a’zolariga va ishlab chiqarishda og‘ir tan jarohati olgan xodimlarga bir yo‘la to‘lanadigan tovon pullari va oyma-oy to‘lanadigan zarar to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha muayyan ishlar olib borildi.

Baxtsiz hodisalar natijasida vafot etganlar va jabrlanganlar hamda ularning oila-a’zolariga 195 mln. 64 ming so‘mlik bir yo‘la to‘lanadigan tovon pullari ish beruvchilar va sug‘urta tashkilotlari tomonidan to‘liq to‘lab berilishiga erishildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida birlashma kengashining aralashuvi bilan baxtsiz hodisa natijasida og‘ir tan jarohati olib mehnat nogironi bo‘lgan xodimlarga zarar to‘lovlarini undirib berish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan, “Muborakneftgazta’mir” MCHJ sobiq ishchisi, 1-guruh mehnat nogironi Tojiyev Nizomiddinga 2019 yil yanvar oyidan boshlab 1 mln. 277 ming so‘mdan zarar to‘lovi, Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 2-guruh mehnat nogironi Yuldoshev Qo‘ychiga 2019 yil aprel oyidan boshlab 570,0 ming so‘mdan zarar to‘lovi, “Qashqadaryoneftgazsanoatqurilish” AJ ishchisi, 2-guruh mehnat nogironi Elmurodov Shuhratga 2019 yil may oyida bir yo‘la to‘lanadigan 7 mln. so‘m tovon pullari, “Beshkent paxta tozalash” AJ sobiq ishchisi, 1-guruh mehnat nogironi Ro‘ziyeva Muhtaramga 2019 yil iyun oyidan boshlab 1 mln. 117 ming so‘mdan zarar to‘lovi, “Agrokimyohimoya” Yakkabog‘ tuman unitar korxonasi sobiq ishchisi, 2-guruh mehnat nogironi Kamolov SHerxonga 2019 yil avgust oyidan boshlab 1 mln. 210 ming so‘m zarar to‘lovi, “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ sobiq ishchisi, 1-guruh mehnat nogironi Shomamatov Amonga 2019 yil avgust oyidan boshlab 1 mln. 902 ming so‘mdan  zarar to‘lovi korxona tomonidan to‘liq to‘lab berilishiga erishildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!