Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 13 iyuldagi “Tozalik ozodalik – salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 22-52 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mustaqillik ayyomi tantanalari davom etayotgan shukuxli kunlarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasining navbatdagi tadbirlari tashkil etilib, ilk bora maktab ostonasiga qadam qo‘ygan bolajonlar uchun “Tozalik, ozodalik–salomatlik garovi” tadbiri joriy yilning 4 sentabr kuni G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi 16 ta umumta’lim maktablarining 857 nafar 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, 1 akademik soatli dars sifatida tashkil etildi. Bolajonlarga kichik yoshidanoq sog‘lom turmush tarzini singdirish maqsadida yuz-qullari, kiyim-kechaklari va o‘quv anjomlarini ozoda tutish, saranjom sarishtalikka rioya etish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Bolajonlarni doimo ozodalikka chorlab turish maqsadida kundalik hayotda rioya etishlari lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena qoidalari jamlangan eslatma-to‘plam taqdim etildi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 857 nafar o‘g‘il-qizning har biriga gigiyenik vositalar to‘plami hadya etildi. Bu maqsadlar uchun kasaba uyushmalari hisobidan 16,2 mln.so‘m mablag‘ sarflandi.Viloyatimizning G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi 16 ta chekka qishloq maktablarida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda uyin-muloqot usullaridan foydalangan holda atrof-muhit musaffoligini saqlashga undovchi ekologik suhbatlar ham o‘tkazildi. Shuningdek, turli yuqumli kasalliklardan saqlanishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishning muhim shartlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!