Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazildi.

    Istiqlol yillarida bolalar manfaatlari himoyasi, ular salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlod tarbiyasi masalalari davlatimiz siyosati darajasiga kutarildi. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirib kelinayotgan tizimli ishlar bugun ijobiy samara berib, xalqaro darajada e’tirof etilmoqda. Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi ham munosib hissa qo‘shmoqda. Xususan, mehnatkashlar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular salomatligini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Federatsiya Kengashi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” doimiy aksiyasi doirasida esa ertamiz egalari ijtimoiy himoyasini ta’minlash, dunyoqarashlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 2 avgustdagi “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 4-09 “c” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mustaqillik ayyomi tantanalari davom etayotgan shukuxli kunlarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasining navbatdagi tadbirlari tashkil etilib, ilk bora maktab ostonasiga qadam qo‘ygan bolajonlar uchun “Tozalik, ozodalik–salomatlik garovi” tadbiri joriy yilning 6 sentabr kuni Qamashi va Chiroqchi tumanlaridagi 17 ta umumta’lim maktablarining 950 nafar 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, 1 akademik soatli dars sifatida tashkil etildi. Bolajonlarga kichik yoshidanoq sog‘lom turmush tarzini singdirish maqsadida yuz-qullari, kiyim-kechaklari va o‘quv anjomlarini ozoda tutish, saranjom sarishtalikka rioya etish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Bolajonlarni doimo ozodalikka chorlab turish maqsadida kundalik hayotda rioya etishlari lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena qoidalari jamlangan eslatma-to‘plam taqdim etildi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 950 nafar o‘g‘il-qizning har biriga gigiyenik vositalar to‘plami hadya etildi. Bu maqsadlar uchun kasaba uyushmalari hisobidan 23,7 mln.so‘m mablag‘ sarflandi.

     Viloyatimizning Qamashi va Chiroqchi tumanlaridagi 17 ta chekka qishloq maktablarida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda uyin-muloqot usullaridan foydalangan holda atrof-muhit musaffoligini saqlashga undovchi ekologik suhbatlar ham o‘tkazildi. Shuningdek, turli yuqumli kasalliklardan saqlanishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishning muhim shartlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

DSC_0092 DSC_0091

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!