Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-haraktlarni hamda mintaqada aholining yashash sharoitlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019 yilning 26 yanvar kuni respublika bo‘ylab umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi.
Mazkur hasharda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari ham faol ishtirok etdilar.
Umumxalq hashari davomida ariq va zavurlar tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi. Korxona, tashkilot va muassasalar hududlari tozalanib, chiqindilar maxsus joylarga yetkazildi.
Viloyatdagi 18 ta bolalar oromgohlarida va “Qashqadaryo sohili” sanatoriysida ham xayriya hashari tashkil etildi.
Jumladan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli Mirzo Ulug‘bek nomidagi oromgohida 450 tup gilos ko‘chatlari qadaldi, daraxtlarga shakl berilib, atrof obodonlashtirildi.
“Qashqadaryo sohili sanatoriysi”da ma’suliyati cheklangan jamiyatida ham 70 nafar xodim ishtirokida tozalik-obodonlashtirish ishlari olib borildi. 450 tup qaroli nihollari o‘tkazildi. Shuningdek ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi.
Hashar davomida 34 nafar yolg‘iz keksalar, 35 nafar pensionerlar va 21 nafar nogironlarning uylari tartibga keltirilib, ularga kasaba uyushmalari tomonidan oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi.
Umumxalq hashari munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tizimidagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat hamda tuman va shaharlar bo‘linmalari boshqaruvlarining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi tavsiya etildi.