Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

  Viloyatda Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga 25 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida 1 mln. 64 ming 781 dona mevali, 916 ming 767 dona har xil turdagi manzarali daraxt hamda 343 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekilib, 193 mingdan ortiq daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi.Mahallalar, aholi punktlari, ma’muriy va ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar hamda ziyoratgohlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari mobaynida 244,9 km ariq va zovurlar 2865,9 tonnadan ortiq har xil chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, 238 nafar yolg‘iz va yordamga muhtoj keksalar, boquvchisini yo‘qotgan kam ta’minlangan oilalarning uylarida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari hashar kunlari kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xayriya sifatida har bir tumandan 10 tadan jami 140 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bepul ko‘chatlar olib berilib ularning ekilishiga ko‘maklashildi.Hashar munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashida mehnat qilayotgan xodimlarning 1,3 mln.so‘m miqdoridagi bir kunlik ish haqi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

aaaaaa

22222

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!