Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan boshlandi.

  2016 yil 12 mart kuni “Navro‘z” bayrami munosabati bilan umumxalq xayriya hashari Kitob tumanida kasaba uyushmalari tashkilotlari ishtirokida uyushqoqlik bilan boshlandi.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi va tarmoq tizimidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari tashkilotchiligida keksa, kam ta’minlangan, nogiron va ijtimoiy himoyaga muxtoj xonadonlarda obodonlashtirish va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida kasaba uyushmalarining ishtiroki va homiyligidan quvonchi cheksiz bo‘lgan keksa qariyalar Gulgunpo‘sht qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli Gadoy bobo Karvonov, 70 yoshli 1-guruh nogironi Muxammadi bobo G‘apporov, Chechak qishlog‘ida yashovchi 88 yoshli Homid bobo Xurramov, Boshchil qishlog‘ida yashovchi Mastura momo Yusupovalar o‘zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

IMG_12032016_094057

IMG_12032016_095740

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!