Asosiy yo‘nalish va vazifalari
Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi huzuridagi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi «Uslubiy markaz» quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiribboradi:
-
Yangidan tashkil etilayotgan korxona, tashkilot va muassasalarni tashkil etish jarayonida ularga zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda bepul tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularga tavsiyalar berish va shu jarayonda kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ibot-tashviqot qilish hamda kasaba uyushma tashkilotlari tizimida kasaba uyushmasi qo‘mitalarini tuzish;
-
yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlarning ta’sis hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularga bepul huquqiy xizmat ko‘rsatish, jamoat tashkilotlarining adliya boshqarmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish;
-
tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonida yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilot, muassasalar rahbarlari, xodimlari bilan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot olib borish, ularga a’zolik afzalliklarini yorituvchi bukletlar tarqatish;
-
kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ib qilish uchun tavsiyalar va bukletlar namunasini ishlab chiqish;
-
kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq uslubiy qo‘llanmalar chop etish;
Eslatma: «Uslubiy markaz»da faoliyat yurituvchi xodimlar bilan bevosita bog‘lanish maqsadida veb-saytning «Bog‘lanish» sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin.