Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlandi.

Jumladan, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishda erishilayotgan yutuqlarni, milliy armiyaning mamlakatimiz mustaqilligini, suverenitetini saqlashning, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va xotirjam hayotning kafolati ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir” mavzusida Qarshi shahrida barpo etilgan “Vatanparvar bog‘i”ga sayohat uyushtirilib, “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi. 

Shuningdek, 50 dan ortiq mehnat jamoalarida Qurolli Kuchlar faxriylarini jalb etgan xolda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”, “Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir”, “Qurolli Kuchlarning fuqarolik jamiyatida tutgan o‘rni va roli!” mavzularida yosh askarlar bilan uchrashuvlar hamda davra suxbatlari tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi “El-yurt tayanchi” monumentiga gulchambar qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Muxammadiyev Otabekning oilasidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!