Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Vatan himoyachilari kuni

  Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan “Milliy armiyamiz – g‘ururimiz, iftixorimiz”, “Mening armiyam – mening faxrim”, “Vatan himoyasi – muqaddas burch” kabi mavzularda harbiy xizmatchilar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylarini jalb etgan holda 190 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

  Shuningdek, 2017 yil 12 yanvar kuni “Kasaba uyushmalari – harbiylarga” aksiyasi doirasida Nishon tumani, Nuriston qo‘rg‘onchasidagi Madaniyat saroyida Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda kasaba uyushmalarining faol ishtiroki ta’minlandi hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 08579-sonli harbiy qismga bir dona televizor bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

  Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalari holidan xabar olindi hamda ularning farzandlariga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!