Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Miraki”ga sayohat uyushtirildi

        Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida ijtimoiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan faol xodimlar uchun “Miraki” dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi. Shahrisabz tumanida joylashgan ushbu maskanda o‘tkazilgan sayohat davomida ishtirokchilar mazmunli dam olish, o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, ular kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini yanada boyitdilar. Mazkur tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ulug‘vor g‘oya asosida tashkil etilib, ijtimoiy sohada mehnat qilayotgan fidoyi xodimlarga yuqori ruh va yangi kuch bag‘ishladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!