Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Milliy armiyamiz-g‘ururimiz, iftixorimiz!

       Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 20 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashda kasaba uyushma tashkilotlarining ishtiroki to‘g‘risida”gi 16-76 “s” sonli qarori to‘g‘risida” gi19-02 “s”sonli  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashining 2020 yil 9  yanvardagi 20-4 “c”-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligida amalga oshiriladigan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostidagi tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazildi.

Barcha tashkilot va muassasalarda tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, reja asosida tadbirlar o‘tkazildi.

102 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mamlakatda Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishda erishilayotgan yutuqlarni, milliy armiyaning mamlakatimiz mustaqilligini, suverenitetini saqlashning, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va xotirjam hayotning kafolati ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir” mavzusida “Ma’naviyat soatlari” o‘tkazildi. Xalq ta’limi muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzilgan.  Ta’lim muassasalarida harbiy xizmatchilar, Ikkinchi jahon urushi va harbiy faxriylar hamda o‘qituvchilardan shakllantirilgan doimiy faoliyat yurituvchi targ‘ibotchilar guruhlari ishtirokida “Ertalabki saflanish”, “Tarbiyaviy soat” va “Ma’naviyat kuni” tadbirlari, “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” shiori ostida targ‘ibot ishlarini tashkil etilmoqda.Ta’lim muassasalardagi o‘quvchilar ongida Vatanga muhabbat, mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Uch avlod vakillari” bilan uchrashuvlar, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”, “Temuriy Baxodirlar” ko‘rik tanlovlari, “Shunqorlar”, “Tinchlik uchun kurashmoq kerak”  mavzularida  xarbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida madaniy -ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ta’lim muassasalarda ishlovchi yoshlar o‘rtasida ularni yurtga mexr-muxabbat ruxida tarbiyalash, ularni ozod va obod Vatanni ximoya qilishdek ulug‘ maqsadga intilishi, jasurlik va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Vatan ulug‘, burchi muqaddas” “Milliy armiyamiz-g‘ururimiz, iftixorimiz”, “Mening armiyam-mening faxrim”, “Vatan ximoyasi-muqaddas burch” kabi mavzularda davra suhbatlari  o‘tkazilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!