Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Vatanparvarlik–milliy yuksalish kafolati!

      Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlab “Vatanparvarlik–milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida bir qator ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan; Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishda erishilayotgan yutuqlarni, milliy armiyaning mamlakatimiz mustaqilligini, suverenitetini saqlashning, sarhadlar dahlsizligini ta’minlashning hamda Vatanimizdagi tinch va xotirjam hayotning kafolati ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir” mavzusida viloyatdagi barcha mehnat jamoalarida “Ma’naviyat soatlari” tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 50 ming nafarga yaqin mehnatkashlar ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar faxriylarini jalb etgan xolda “Vatanimga tayanchman”  mavzusida vatanparvarlik soatlari o‘tkazildi.

Bayram munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Viloyatdagi 280 dan ortiq mehnat jamoalarida aholining keng qatlamini jalb etgan holda “Qurolli Kuchlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni va roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat vazifasini bajarishda halok bo‘lgan 24 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari Yangi yil bayrami tadbirlarida bepul ishtirok etishgan bo‘lsa,  xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 3 nafar ichki ishlar xizmati xodimlarining oila a’zolariga 500,0 (besh yuz) ming so‘mdan jami 1,5 mln. so‘m manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!