Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Vazifalar belgilab olindi.

    Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning yanvar oyida imzolangan qo‘shma reja-jadvalga asosan 2019 yil 7 fevral kuni “O‘zburg‘uneftgaz” AJda “Neft-gaz va geologiya tizimidagi korxona va tashkilotlarda  mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha ishlari tashkil etish hamda xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining vazifalari” to‘g‘risida o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 7 fevral kuni “Uzburg‘uneftgaz” AJda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olishga doir o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv-seminarda viloyatdagi ijtimoiy hamkor tashkilotlar, davlat va jamoat nazorat organlari jumladan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, viloyat bandlik boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona va tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi vakillar, jami 80 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

Mazkur o‘quv-seminarda ma’ruzachilar tomonidan tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, mehnatda jabrlangan xodimlarga mehnat qobiliyati yo‘qotganlik darajasini belgilash, zarar to‘lovlarini olish huquqiga ega shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘lanadigan zarar to‘lovlarni to‘lash, mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga hamda xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarga chalinishlarining oldini olishga ish beruvchilar e’tiborini kuchaytirish bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Tadbir davomida mehnat muhofazasiga oid slaydlar namoyish qilindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!