Joriy yilning 26 fevral kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari T.Z.Teshabayev raisligida viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ viloyat filiali, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston pochtasi” AJ viloyat filialidan tumanlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirokida Federatsiya Kengashi rayosatining 2016 yil 23 fevraldagi “Aholining shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanishni tashkil qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2-26 “s” sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari T.Teshabayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisining o‘rinbosari Z.Jonqobilov, “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi vazifasini v.b.SH.Rajabovlar so‘zga chiqib, aholining dala va shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish orqali ularning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada to‘laroq qondirish, bozorlardagi narx-navolar barqarorligini saqlab qolish uchun shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish va ekin ekish ishlarini tashkiliy ravishda, uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Yig‘ilish so‘nggida, Ishchi guruh a’zolari o‘rtasida barcha tumanlarda uyma-uy yurish tizimini joriy etgan holda har bir xonadonning “Tomorqa pasporti” to‘ldirilishini tashkil etish va yakuniga yetkazish, joylarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish bo‘yicha shakllantirilgan ishchi guruhlar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish, aholining dala va shaxsiy tomorqasida ekin ekishni tashkil qilish hamda aholi xonadonlariga biriktirilgan Ishchi guruhlarni har kuni xonadonma-xonadon yurib, ekin va ko‘chatlar ektirish bo‘yicha kunlik ishini nazorat qilish, aholining dala va shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanishni tashkil etish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot, tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.