Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI.

       O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik qo‘mitasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi va 10 dan ortiq davlat va jamoatlari tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorga asosan 6-aprel kuni 9205 harbiy qism binosida “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik klubining ommaviy keng jamoalar ishtirokida Qashqadaryo viloyati bosqichi musaboqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad respublika chegaraoldi hududlarda joylashgan kasb-hunar kolleji, akademik litsey, shuningdek umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan chaqiriqqa tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, chegara xizmatiga qiziqtirish va bosqichma bosqich tayyorlab borishdan iboratdir.

Ushbu tadbirni 9111 harbiy qism kadrlar boshqarmasi ma’sul ofitserlari N. Xidirov, Doniyor Pulatov, 9205 harbiy qism ofitserlari G‘ayrat Qosimov, Aybek Dauletmuratov va boshqa harbiy qism malakali ofitserlar, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi Munojat Norova, O‘zbekiston respublikasi Yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi a’zolari I. Abduxoliqov, viloyat o‘rta-maxsus bo‘lim boshqarmasi xodimlari, Qashqadaryo viloyat madaniyat xodimlari, viloyat sport ishlari boshqarmasi xodimlari, yengil atletika federatsiyasi direktori O.Xalilov va tumanlar o‘qituvchilari ishtiroki ta’minlandi. Musobaqa davomida nizom talablari asosida shartlar qabul qilindi.

          “Yosh chegarachilar” musobaqasini o‘tkazish tug‘risigi nizomiga asosan 14 ta shartlar asosida sinovlar qabul qilinib musoboqa g‘oliblarini taqdirlash uchun A.Oripov haykali oldida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga viloyat madaniyat “Oydinoy” folklori jamoasi, JG‘AHO orkestr va ansanbl jamoalari, Taekvando sport sa’nati jamolari hamda 9205 harbiy qism MQRV qo‘l jangi saxna ko‘rinishlarini festivali ishtirokchilariga xavola etdi. Musobaqa g‘oliblariga harbiy qism tomonidan 1, 2, 3 o‘rinlarini egallagan jamoalarga diplom va TV–tyuner moslamasi sovg‘alari tarqatildi. Shuningdek, viloyat YOI kengashi tomonidan diplomlar va kitoblar, Qarshi shahar kasaba uyushmasi tomonidan 1, 2 va 3 o‘rinlar uchun qimmatboho sovg‘alar, viloyat sport boshqarmalari tomonidan 1, 2 va 3 o‘rinlar uchun kuboklar qimmatbaho sovg‘a tariqasida munosib taqdirlandilar.

“Yosh chegarachilar” musobaqasining viloyat bosqichiga quyidagi kollej jamoalari ishtiroki ta’minlandi. Jumladan, Nishon maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Yosh harbiylar”, Jeynov sanoat kasb-hunar kollejining “Burgut”, G‘uzor kamunal va qurilish xizmat kasb-hunar kollejining “Sohibqiron”, Kitob tumani 3-sonli litseyning “Qalqon”, Shahrisabz agrosanoat kasb-hunar kollejining “Sohibqiron” va Dehqonobod Agrosanoat kasb-hunar kollejining “Lochin” jamoalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

         Musobaqa natijalariga ko‘ra 3-o‘rin bilan Shahrisabz agrosanoat
kollejining “Sohibqiron” jamoasi, 2-o‘rin bilan G‘uzor kamunal va qurilish xizmat kollejining “Sohibqiron” jamoasi va 1-o‘rin bilan Nishon maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Yosh harbiylar” jamoasi egallab musobaqaning Respublika final bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani oldi.

Ushbu tadbir 09 aprel kuni viloyat televidiniyesida yoritildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!