Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining II majlisi bo’lib o’tdi.

Kun tartibiga quyidagi masala kiritildi:

1.Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi faoliyatining 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida.

          Yig‘ilishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov “Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi faoliyatining 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ” ma’ro‘za qildi. Jumladan,

      Joriy yilning 15 yanvar kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining majlisida Muhtaram Prezidentimiz o‘tgan 2015 yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – “Odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam” bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Keyingi 11 yil davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, shu jumladan, 2015 yilda ham yalpi ichki mahsulotimizning o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmaganining o‘zi tarixiy voqeadir.

Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal taraqqiy topayotgani, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarning ishga tushirilayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilayotgani, axborot kommunikatsiya tizimlarining hayotimizga faol joriy etilayotgani, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo bozorida raqobatdoshligi ortib borayotgani – bularning barchasi biz erishayotgan yutuqlarning mustahkam poydevorini tashkil etmoqda.

O‘tgan yilda viloyatimizning belgilangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari barcha yo‘nalishlarda ortig‘i bilan bajarildi. Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 12 trillion 880,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 5,4 foizga o‘sdi. Eng quvonarlisi, 2015 yilda viloyat iqtisodiyotiga 5 trln. 224 mlrd so‘m hamda 320 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Mazkur investitsiyalar hisobiga 4 mingdan ziyod obyektlar va loyihalar ishga tushirildi. Jumladan, 3 trln 557 mlrd so‘m yoki 70 foiz investitsiyalar bevosita ishlab chiqarishga yo‘naltirilib,  325 ta yangi sanoat korxonalarini foydalanishga topshirish hamda 213 ta korxonada modernizatsiya ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.Masalan, Kitob tumanidagi “Kitob ip-yigiruv” korxonasi 10 yildan buyon, qarovsiz tashlandiq holatga kelib qolgan edi. Muhtaram Prezidentimizning 2017-sonli qaroriga asosan 12 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanib korxona batamom qaytadan qurilib, oxirgi rusumdagi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonaga aylandi.

    Hisobot yilida 2 trln. so‘mdan ziyod qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Investitsiya Dasturiga asosan 178 ta bino va inshootlar yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi.205 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib 56 km. Xalqaro va Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari, 5 ta yangi ko‘prik qurildi, 12,3 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga 173 ta qishloqda 120 km ichki yo‘llar ta’mirlandi.O‘tgan yilda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi davom ettirilib, shinam va qulay bo‘lgan 1320 ta uy-joylar o‘z egalariga topshirildi.Tasdiqlangan ish rejasiga ko‘ra 2015 yilda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining VII konferensiyasi, birlashma kengashining 2 ta majlisi va 5 marta rayosat yig‘ilishlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan plenum va rayosat yig‘ilishlarida 16 ta asosiy, 14 ta qo‘shimcha masala muhokama etildi. Bundan tashqari rayosatlar oraliqlarida 174 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning bajarilishi muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda.Ushbu yig‘ilishlarda asosan kasaba uyushmalari ishini tashkil etish, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya etish,  mehnat qonunlarining joylarda bajarilishi, madaniy-ma’rifiy va sport sog‘lomlashtirish ishlari, kasaba uyushmasi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan foydalanish kabi masalalar muhokama etildi.

Ma’lumki, kasaba uyushmalarining bosh vazifasi – kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iboratdir. Hozirgi kunda bu vazifani ado etishda viloyatda 6 ta tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, 1 ta birlashgan viloyat qo‘mitasi, 50 ta shahar, tuman kengashlari, 5 ta tarmoq kasaba uyushmalariga qarashli birlashgan qo‘mitalar va 3152 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari ish olib bormoqda. Ular o‘zlariga 632491 nafar kasaba uyushma a’zolarini birlashtirgan.2015 yilda viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan mintaqaviy kelishuv asosida kasaba uyushmalarining 11 ta davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarni kuchaytirish, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan hamkorlik chora-tadbirlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi.Birlashma kengashi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan 637 ta murojaatlar yuzasidan 375 ta o‘rganishlar o‘tkazildi. Ish beruvchilarga 55 ta taqdimnomalar kiritilib, 188 nafar shaxsning huquqlari tiklandi, 11 nafar xodim o‘z ish joylariga tiklandi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan 262 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.Kasaba uyushmalariga berilgan vakolatlar doirasida ish olib borilib o‘tgan yil davomida 8 milliard 639 mln. so‘m ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik kasaba uyushma a’zolariga undirib berildi. Mazkur masalada ish beruvchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, huquqiy inspeksiyalar, prokuratura va sud organlarniga 25 marta murojaat qilindi.

Kasaba uyushmalari tashkilotlari oldida turgan vazifalardan yana biri – bu “Bandlik” dasturiga ko‘maklashishdir.Bu borada o‘tgan yilda viloyat kasaba uyushmalari faollari tomonidan 544 ta korxona va tashkilotda 4372 ta yangi ish o‘rni haqiqatda yaratilganligi o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra 11 ta korxona va tashkilotda 201 ta ish o‘rni o‘z vaqtida yaratilmaganligi aniqlandi hamda sabablari aniqlashtirilib, tegishli tadbirlarga qo‘shimchalar kiritilishiga erishildi, ish o‘rinlarining o‘z vaqtida yaratilmaganligi to‘g‘risida Mirishkor va Muborak tuman hokimliklariga bildirish xatlari taqdim etildi.

Shahar, tuman hokimliklari qarori bilan 609 ta korxonalarda 2658 ta ish o‘rinlari band qilingan bo‘lib, 2016 yil 1 yanvar holatida band qilingan (kvota) ish o‘rinlariga 2595 nafar fuqarolar ishga joylashtirilishiga ko‘maklashildi.Hisobot yilida “Siz doim e’zozdasiz”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Keksalarni ardoqlagan yurt”, “Faxriylar – faxrimiz” mavzularida viloyatdagi 845 ta korxona, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib, unda 10875 nafardan ortiq kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.Yilning har bir choragida viloyatdagi uch mingdan ortiq kasaba uyushma tashkilotlarida o‘tkazilgan “Ma’naviyat soatlari”da 502 mingdan ortiq ishchi-xizmatchi hamda talabalar ishtirok etib bordilar.

Navro‘z bayrami arafasida viloyatda istiqomat qilayotgan 507 nafar yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida kasaba uyushmallari mablag‘lari hisobidan 40 mln. 800 ming so‘mlik oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechaklarni olishda hamda yashash joylarini ta’mirlash, kommunal to‘lovlarni to‘lashda ijtimoiy ko‘maklashildi.Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Navro‘z hamda Xotira va qadrlash kuni bayramlari munosabati bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat”, Shahrisabz tumanidagi “Ayollar muruvvat” internat uylarida yashovchi qariyalar holidan xabar olinib, ularga 7 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi choyshablar to‘plami olib berildi.Viloyatda kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan jamoa shartnomalari orqali har bir korxona, tashkilot va muassasalarda sportning ommaviyligini oshirishga, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishga katta e’tibor qaratildi.

Viloyatda barcha korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan “Kasaba–Tur” velomarafoni musobaqalarida 1367 nafar havaskor velosportchilar ishtirok etdilar. Ulardan 342 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.“Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida “Tozalik ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazilib, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi 16 ta umumta’lim maktablarining 857 nafar 1-sinf o‘quvchilariga 16,2 mln. so‘mlik gigiyenik vositalar to‘plami hadya etildi.Mustaqillik bayrami arafasida 30 nafar keksalar va nogironlarga nogironlik aravachalari manzilli yetkazildi.O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan bepul berilgan 212 ta elektr-maishiy texnika jihozlari yolg‘iz va ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar yashayotgan, ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. “Kasaba uyushmalari – faxriylarga” aksiya doirasida viloyatdan 1941-1945 yillardagi 240 nafar urush ishtirokchilarining har biriga 300 ming so‘mdan manzilli pul mukofoti topshirildi.Birlashma kengashining “Keksalarni e’zozlash yili” Dasturi tadbirlari ijrosi uchun jami 4 mlrd. 503 mln. 720 ming so‘m mablag‘ sarf etildi. Jami mablag‘ning 701 mln. 620 ming so‘mi kasaba uyushmalari, 3 mlrd. 669 mln. 500 ming so‘mi ish beruvchilar tomonidan qoplandi.Hisobot yilida 3 ming 640 nafar, shundan 1 ming 628 nafar kishi ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan, 2 ming 12 nafar kishi kasaba uyushmalari budjeti mablag‘laridan imtiyozli sog‘lomlashtirildi. Mazkur maqsadlar uchun umumiy hisobda 2 milliard, 817 million so‘mlik mablag‘ sarflandi.

2015 yilda viloyatdagi 19 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 27143 nafar bolalar dam oldirildi. Oromgohlarda 2015 yilgi mavsum davomida bolalarni dam olishini tashkil etish uchun jami 5 mlrd. 157 mln. 300 ming so‘m mablag‘ sarf etildi. Shundan ijtimoiy sug‘urta hisobidan 792 mln. so‘m, kasaba uyushma budjetidan 496,3 mln. so‘m, ota-onalar hisobidan 587 mln. so‘m, xo‘jalik tashkilotlari va homiylar hisobidan esa  3 mlrd. 282 mln. so‘m sarflandi.Birlashma kengashi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi rekonstruksiya qilinib, 4 mlrd. 500 mln so‘mlik qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.

rayosat2

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!