Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Xalqaro mehnat standartlari

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari:

  • Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 492-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Qirq soatlik ish haftasi to‘g‘risidagi 47-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 83-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan).

  • Haq to‘lanadigan ta’til to‘g‘risidagi 52-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 84-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)

  • Jamoa muzokaralarini tashkil etish va yuritish huquqi prinsiplarini qo‘llash to‘g‘risidagi 98-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 496-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi (qayta ko‘rib chiqilgan) 103-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 85-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)

  • Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 498-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish to‘g‘risidagi 111-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 499-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi 122-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining1995 yil 6 maydagi 86-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)

  • Mehnatkashlarning vakillari to‘g‘risidagi 135-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 494-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Eng kichik yosh to‘g‘risidagi 138-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 4 apreldagi O‘RQ-140-son Qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Jamoa muzokaralarini olib borish to‘g‘risidagi 154-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 495-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)

  • Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 182-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 8 apreldagi O‘RQ-144-son Qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilingan).

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!