Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

XATOLAR JABRINI BIROV TORTMASIN.

       Har bir ishda xatolik bo‘lishi tabiiy. Ammo bu xatolar inson taqdiriga, uning qadr-qimmatiga zarar yetkazmasligi zarur.

Qarshi shahar Qarlibog‘ot mahallasida yashovchi Nafisa Bahriddinovadan viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasiga ariza tushdi.

Gap shundaki, u 2005 yilda shahardagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kutubxonachi bo‘lib ishga kirgani, bolalari ketma-ket tug‘ilgani uchun dekret ta’tilida bo‘lganini bildirgan.

Bahriddinova bolasi uch yoshga to‘lganda maktab ma’muriyatiga ishga qaytish masalasida uchrashadi. Biroq ish beruvchidan “Hozircha ish o‘rin yo‘q, qachon bo‘lsa, chaqiramiz. Ungacha o‘z hisobingizdan ta’tilga chiqib turing” qabilida javob oldi. Bu vaqtda kutubxonachi lavozimida boshqa bir kishi ishlayotgan edi.

Ishsiz qolgan N.Bahriddinova masala yechimida amaliy yordam berishini so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi va maktab direktori unga dars soatlari albatta, berilishini, biroz kutib turishini bildiradi.

“Bularning hammasi yolg‘on va’da ekan, chaqirmadi ham, qo‘ng‘iroq ham qilmadi”, deya yozadi muallif o‘z shikoyat arizasida.

   Voqealar rivojida u Qashqadaryo viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasiga murojaat etishga majbur bo‘ladi  va Yuridik bo‘lim mutaxassislari aralashuvi bilan adolat qaror topdi. Nafisa ishli bo‘ldi.

Bu kabi ishdan nohaq, g‘ayriqonuniy bo‘shatilganlar soni kam emas. Jumladan, AIT Ipak yo‘li banki Qarshi filialida ishlagan Nigora Murodova, Qarshi tumani Yortepa MFY Shoyxo‘ja qishlog‘ida yashovchi Fotima Nabiyeva, Qarshi shahar Bog‘ishamol mahallasidan Dilrabo Ibragimova birlashma kengashining Yuridik bo‘limiga murojaat qilib, ish beruvchi tomonidan g‘ayriqonuniy tarzda ish bo‘shatilganini bildirishgan va olib borilgan tekshirish va o‘rganishlar natijasida avvalgi ish joylariga tiklandilar.

Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasiga 2018 yilda 257 ta yozma, 428 ta og‘zaki, 282 ta “Ishonch” telefoni orqali tushdi. 91 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonalariga fuqarolardan tushgan murojaatlar bo‘lib, ularning ham yechimiga ko‘maklashildi.

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish uchun 42 ta holada ish beruvchiga taqdimnomalar kiritildi. 501 nafar fuqaroning huquqlari himoya qilindi.

Shuning barobarida murojaat mualliflarining ish haqlari, nafaqa va tovon pullarining kechiktirilishi yuzasidan jami bo‘lib, 117 million 170 ming so‘m miqdordagi mablag‘lar undirib berildi…

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!