Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

XODIMLAR SAFI YANADA KENGAYDI.

   O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi kasaba uyushmalari tizimidagi eng yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, bugungi kunda 140 ga yaqin vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, nufuzli davlat tashkilotlari va muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Shuningdek, bizning kasaba uyushmamiz 3,5 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilotlardagi jami 317 ming nafarga yaqin kasaba uyushmasi a’zolariga, viloyat miqyosida 300 dan ortiq boshlang‘ich tashkilotlaridagi jami 26 mingdan ziyod kasaba uyushmalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Tarmoq kasaba uyushmasi har bir boshlang‘ich tashkilot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatgan bo‘lib, ushbu tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarni doimiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shu bilan birga, ushbu tashkilot tomonidan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun tizimli ravishda har xil tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari, yurtimizning so‘lim go‘shalari va muqaddas qadamjoylariga sayohatlar uyushtirish va boshqa ommaviy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida respublika bojxona idoralarining faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu salmoqli ishlarni davomi sifatida joriy yilning 5 iyul kuni   viloyat bojxona boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tuzildi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tarkibiga kiritildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!