Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Xodimlarning  huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yanada kuchaytiriladi!

    2019 yilning 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kasaba uyushmalari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi qonuni imzolandi.

  Ushbu qonunning mazmun-mohiyati bilan kasaba uyushma a’zolarini tanishtirish maqsadida joriy yilning 21-yanvar kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman kengashi tomonidan tumandagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablarining kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirokida “Kasaba uyushmalari  to‘g‘risida”gi qonunni o‘rganimiz” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar ishtirokchilariga “Kasaba uyushmalari  to‘g‘risida”gi  qonun  tarqatildi.

 Tuman kengashi O.Hamroyevning  ushbu qonun  bo‘yicha fikr-mulohazalari eshitildi.

  “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun 1992 yilda qabul qilingan edi. Ushbu qonunda, aniq to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi  huquqiy normalar deyarli kiritilmagan edi. O‘tgan davr mobaynida mulkchilikning yangi shakllari yuzaga keldi, ayniqsa so‘nggi 3 yilda, muhtaram  Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda har bir sohada, shu jumladan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlar  natijasida  milliy  va  xalqaro mehnat  standartlarini hayotga tatbiq etish sohasi takomil topib, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mazkur o‘zgarishlar o‘z navbatida xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasiga yangicha yondoshuvni talab etadi. Shu nuqtai nazardan avvalgi qonun o‘zining vazifasini o‘tab bo‘lgan edi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari  to‘g‘risida”gi  qonuni qabul  qilindi.

  Qonunga,  kasaba uyushmalari  organlarini  davlat ro‘yxatidan  o‘tkazishni soddalashtirish, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilishda asosiy institutlardan biri bo‘lgan kasaba uyushmalarining mehnat inspeksiyalarini qayta tiklash, mehnat sohasida ijtimoiy  sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni tartibga soluvchi  normalarni qonuniy mustahkamlash kabi meyorlar kiritildi.

      Ushbu qonunning qabul  qilinishi natijasida kasaba uyushmalariga xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish va ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga  rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega bo‘lgan mehnat inspeksiyalarini tuzish huquqi berildi. Shuningdek, kasaba uyushmalari ish beruvchiga qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni intizomiy jazoga tortish talabini qo‘yishlari mumkin, nafaqat davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining faoliyatlari ustidan, balki ish beruvchilar va ularning birlashmalari faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini olib borish huquqi berilganligi ta’kidlab  o‘tildi.

  Shuningdek,  o‘quv-seminarda kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi, o‘quv-seminar ishtirokchilari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yil 27 dekabr kunidagi  17-4 sonli qaror bilan tanishtirildi. Hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha na’munalar berildi. Seminar savol-javob asosida, yuqori saviyada tashkil qilindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!