Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlari himoyasi yo‘lida” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Qonun hujjatlaridagiga nisbatan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlari jamoa shartnomalari orqali tartibga solinadi. O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman tashkilotlarida, Bosh kelishuv bilan belgilab qo‘yilgan yagona muzokara jarayoni qoidalariga rioya etgan holda 2016 yilning fevral-mart oylarida 2015 yil uchun tuzilgan jamoa shartnomalarining yillik bajarilishi hamda yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish(konferensiya)larga tayyorgarlik ko‘rish, jamoa shartnomalari muhokamasi bo‘yicha umumiy yig‘ilish (konferensiya)larni joylarda uyushqoqlik bilan o‘tkazilishini tashkil qilish, shuningdek ish beruvchilar va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 2016 yilning 26 yanvar kuni, Mirishkor tumanidagi 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarini tuzish, ularni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.O‘quv-seminarini tuman kengashi raisi O.Hamroyev kirish so‘zi bilan ochdi va “Jamoa shartnomalari mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qiladi” mavzusida ma’ruza qildi.O‘quv-seminar kun tartibidagi masalalar “Korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarini tuzish, ularni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining yetakchi mutaxassisi B.Xo‘jayarov, “Muassasada jamoa shartnomasining o‘rni” mavzusida tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazining direktor o‘rinbosari O.Ro‘ziqulovlarning ma’ruzalar tinglandi.O‘quv-seminari ishtirokchilariga jamoa shartnomalarini tuzish, ularni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish, jamoa shartnomalariga o‘zgartirish kiritish tartibi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi va namunaviy shaklda 19-umumta’lim maktabi jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqilib elektron shakli tarqatildi.O‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.O‘quv-seminarda tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini me’todik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!