Azal-azaldan oʻzbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas va adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Betakror ranglari va serjilo naqshlari koʻrgan koʻzni quvontirib, qalblarga bahoriy kayfiyat bagʻishlaydi. Joriy yilning 19 sentyabri kuni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamkorligida “Atlas – asrlar uygʻunligi” mavzusida Xon atlas festivali boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil toʻlishi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirda viloyat kengashi raisi M.Norova soʻz olib, davra suhbati qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bolajonlarning raqslari tantanaga oʻzgacha shukuh va quvonch bagʻishladi. Tadbir soʻngida ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Xon atlas – milliylik naqshidir”
