Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Xotin-qizlar xolidan xabar olindi.

  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz тuman kengashi tomonidan tuman xalq ta’limi muassasalari  faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kam ta’minlangan ijtimoiy ximoyaga muxtoj  50 nafar xotin-qizlarga   joriy yilning 6 mart  kuni Samarqand shaxriga sayoxat uyushtirish rejalashtirildi.Bu maqsadlar uchun tuman kengashi xisobidan 3 mln 300 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 8-mart  “Xalqaro xotin-qizlar kuni”  bayrami munosabati bilan   “Ayol borki olam munavvar” mavzusida ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar arafasida ta’lim soxasida faoliyat yuritayotgan xamda oilalar mustaxkamligini ta’minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlardan 150 nafari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.  6 nafar xozirgi kunda nafaqada bo‘lgan kam ta’minlangan, kasalmand xotin-qizlar xolidan xabar olindi va moddiy rag‘batlantirildi. Bu maqsadlar uchun tuman kengashi xisobidan 4 mln 590 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

SAM_2945

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!