Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida 8 mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o’tkazildi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan «Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!» nomli kechada viloyatimiz faxriylari ishtirok etib, ayollarimizni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, vohamizdagi faol xotin-qizlar kasaba uyushmalarining estalik sovg’alari bilan taqdirlangan holda ular uchun ajoyib konsert dasturi namoyish etildi.