Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Xushxabar!

  Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Sharapova Muxabbat Arapovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi.

 Shu munosabat bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna M.Sharapovaga tabrik yo‘lladi.

  Tabrikni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov “Oltin yulduz” medali sohibiga o‘qib eshittirdi va samimiy tabrikladi.

     Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek “Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir”.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!