Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Yana ishonch bildirildi!

         Joriy yilning 25 fevral kuni Shahrisabz tuman obodonlashtirish boshqarmasida boshqarma ish beruvchisi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020  yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomaning  2019 yilda bajarilishi muhokamasiga konferensiya o‘tkazildi.

      Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limining bosh mutaxassisi Rahmonov Ruslan Shovkatovich, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Omonov Ilhom Farmonovich, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi  mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri To‘rayev Abdurahim Boborajabovich ishtirok etdi.

Konferensiyada boshqarmada tuzilgan jamoa shartnomaning 2019 yilda bajarilishi bo‘yicha boshqarma ish beruvchisi Sh.Islomov va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Nuriddinovlar hisobot berishdilar.

Ta’kidlandiki, kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchining ijtimoiy sherikligida xodimlar manfaatlarini ta’minlash hamda ularning har tomonlama rag‘batlantirish sezilarli darajada kuchaytirilib, xususan 2018 yil davomida  jamoa shartnomasi orqali har bir xodim olgan bevosita va bilvosita daromad miqdori 12 million 462 ming 264 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa 2019 yilda oylik maoshlaridan tashqari olgan daromadlari miqdori 14 million 206 ming 448 so‘mni tashkil etdi.

Boshqarma ishchilariga muxsus kiyim bosh bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarni sut mahsulotlari bilan ta’minlash, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish masalalari ham tegishli tartibda o‘z yechimini topgan.

Kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchining samarali ijtimoiy sheriklik asosida olib borgan ishlarining ijobiy natijalarini xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam oldiish ishlarida ko‘rish mumkin. Hususan,  2019 yilda 6 nafar xodim sanatoriya yo‘llanmalari bilan ta’minlanib, o‘z salomatliklarini tikladi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan korxona xodimlari uchun sayohatlar, ma’daniy ma’rifiy tadbirlar, ishchi xodiimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari o‘tkazildi.

Konferensiya davomida kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchi ijtimoiy sherikligida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ham fikr –mulohazalar bildirildi. Konferensiyadadelegatlar tomonidan  jamoa shartnomaning  2019 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi.

Shuningdek, 2020 yil 25 fevral kuni Shahrisabz tuman obodonlashtirish boshqarmasida kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishiga bag‘ishlangan konferensiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada  boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi Shahobiddin Nuriddinovning 2015 yil fevraldan 2020 yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va navbatdagi vazifalarga oid ma’ruzasi hamda taftish komissiyasi raisi Saidova Nasiba Po‘latovnaning ma’ruzalari tinglandi.

Deligatlar tomonidan boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligigiga Shahobiddin Nuriddinovning nomzodi taklif etildi va unga ishonch bildirilib qo‘llab qo‘vvatlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!